IKA PHARM’ning YTTB (EBRD) bilan shartnomasi

22.01.2026
IKA PHARM’ning YTTB (EBRD) bilan shartnomasi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB / EBRD) ASKLEPIY Group tarkibiga kiruvchi NIKA PHARMfarmatsevtika ishlab chiqarishini kengaytirish uchun 20 million AQSh dollarigacha investitsiya kiritmoqda.

 

Loyiha kompaniyaning ichki bozordagi pozitsiyalarini mustahkamlash, shuningdek, eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan. Shuningdek, ishlab chiqarishni xalqaro GMP standarti asosida kengaytirish va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini 140% dan ortiq oshirish rejalashtirilgan. Bu esa davlat miqyosida importga bo‘lgan qaramlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

 

Ta’kidlash joizki, 2021-yil dekabr oyida YTTB NIKA PHARM’ga 5 million AQSh dollari miqdorida ilk kredit ajratgan edi. Keyingi to‘rt yil davomida kompaniya bir qator dori vositalarining mahalliy ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ydi va Rinoksil, Rinomaks, Forsil kabi brendlar bilan farmatsevtika bozorining bir nechta segmentlarida yetakchiga aylandi.

 

Bugungi kunda ASKLEPIY Group texnologiyalar, sifat va millionlab insonlar salomatligiga sarmoya kiritib, O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri ekanini tasdiqlamoqda.

 

Biz kelajakni yaratamiz. Haqqoniy. Birgalikda.

Telegramdagi @asklepiygroup kanaliga obuna bo'ling
Obuna boʻling
ico